s
Magistratura va oliy ta'limdan keyingi ta'lim uchun xorijiy tilni bilish sertifikati talab etiladi
Farmonga muvofiq, magistratura mutaxassisliklari va oliy ta'limdan keyingi ta'lim ixtisosliklariga qabul qilishda xorijiy tilni bilish darajasini belgilovchi milliy yoki xalqaro sertifikatlar quyidagi darajalarda talab etiladi:
xorijiy tillar yo'nalishlari bo'yicha – kamida C1 darajasida;
gumanitar, biologik va turdosh fanlar, matematika va statistika, biznes va boshqaruv, huquq, xizmat ko'rsatish, ijtimoiy va xulq-atvorga mansub fanlar, jurnalistika va axborot, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari ta'lim sohalari bo'yicha – kamida B2 darajasida;
boshqa ta'lim sohalari hamda madaniyat va sport mutaxassisliklari (ixtisosliklari) bo'yicha – kamida B1 darajasida.
2024-yil yakunigacha o'z ahamiyatini yo'qotib boradigan hamda yangi paydo bo'ladigan kasblar (lavozimlar) ro'yxati, ularga qo'yiladigan malaka talablar va kompetensiyalar shakllantiriladi.
2025-yil 1-maygacha jamlangan ma'lumotlar asosida “O'zbekiston yangi kasblar atlasi” elektron platformasi yaratiladi hamda har yili yangilab boriladi.
Xiva shahar yuridik xizmat ko’rsatish markazi