s
USD: Rub: Eur:
2024-09-27 462

Ma’muriy huquqbuzarlik nima degani?

Maʼmuriy javobgarlik to‘gʼrisidagi kodeksning 10-moddasiga asosan, maʼmuriy huquqbuzarlik deganda qonunchilikka binoan maʼmuriy javobgarlikka tortish nazarda tutilgan, shaxsga, fuqarolarning huquqlari va erkinliklariga, mulkchilikka, davlat va jamoat tartibiga, tabiiy muhitga tajovuz qiluvchi gʼayrihuquqiy, aybli (qasddan yoki ehtiyotsizlik orqasida) sodir etilgan harakat yoki harakatsizlik tushuniladi. Yuqoridagi Kodeksda nazarda tutilgan huquqbuzarlik uchun maʼmuriy javobgarlik, agar o‘sha huquqbuzarlik o‘z xususiyatiga ko‘ra jinoiy javobgarlikka tortishga sabab bo‘lmagan taqdirda qo‘llaniladi. Yaʼni, ayrim huquqbuzarliklar to‘gʼridan-to‘gʼri jinoiy javobgarlikka sabab bo‘ladi. Аgar qilmish uchun anashunday to‘gʼridan-to‘gʼri jinoiy javobgarlik belgilangan bo‘lmasa ana shunda maʼmuriy javobgarlik chorasi ishga tushadi.

Hazorasp tuman adliya bo‘lim yuridik xizmat ko‘rsatish markazi

Мавзуга оид