s
USD: Rub: Eur:
2023-09-19 339

SHAXSNING SUDLANGANLIK HOLATI QACHON TUGALLANADI ?

 

 Jinoyat kodeksining 78-moddasiga koʻra, shaxsning sudlanganlik holati quyidagi paytlarda tugallanadi:

 

shartli hukm qilinganlarga nisbatan — sinov muddati tugagan kundan boshlab;

 

majburiy jamoat ishlari, xizmat boʻyicha cheklash yoki intizomiy qismga joʻnatish tarzidagi jazolarini oʻtab chiqqach;

 

jarima jazosi ijro etilgan kundan keyin, shuningdek muayyan huquqdan mahrum qilish yoki axloq tuzatish ishlari jazolari oʻtalganidan keyin bir yil oʻtgach;

 

ozodlikni cheklash jazosi oʻtalganidan keyin — ikki yil oʻtgach;

 

besh yildan koʻp boʻlmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi oʻtalganidan keyin — toʻrt yil oʻtgach;

 

besh yildan ortiq, lekin oʻn yildan koʻp boʻlmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi oʻtalganidan keyin — yetti yil oʻtgach;

 

oʻn yildan ortiq, lekin oʻn besh yildan koʻp boʻlmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi oʻtalganidan keyin — oʻn yil oʻtgach.

 

 

Gurlan tuman yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i E.K.Raxmatillayev

Мавзуга оид