s
Ўзбекистон Республикаси Марказий Банки
USD:10472.67 Rub:137.47 Eur:12335.76
2024-09-30 644

2024_yil_1_sentabrdan

Nogironlikni belgilash osonlashtiriladi

 

 Qonunchilikka ko'ra, Toshkent shahri va Navoiy viloyatida bosqichma-bosqich eksperiment tariqasida, nogironlikni belgilashning quyidagi tartibi joriy etiladi: (https://t.me/huquqiyaxborot/16206)

 

fuqarolarga nogironlikni belgilash bo'yicha YAIDXP (my.gov.uz), “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari yoki ijtimoiy xodimlar orqali oilaviy shifokorlarga murojaat qilish imkoniyati yaratiladi;

 

tibbiy-ijtimoiy ekspertiza komissiyasi (TIEK) ko'rigi uchun fuqarolarning tibbiy hujjatlarini yo'llash oilaviy shifokorlar tomonidan elektron tarzda amalga oshiriladi;

 

“Inson” markazlari xodimlari tomonidan 18 yosh va undan katta shaxslarning funksionalligini baholash tartibi joriy etiladi. Bunda baholash natijalari 2025-yil 1-sentabrgacha nogironlikni belgilash uchun asos hisoblanmaydi;

 

shaxs sog'lig'ining holatiga ko'ra “Inson” markazlariga borish imkoniga ega bo'lmaganda sog'lig'ining holati va funksionallikni baholash shaxsning uyida yoki davolanishda bo'lgan stasionarda o'tkaziladi;

 

2024-yil 1-oktabrdan ixtisoslashtirilgan (psixiatriya, ftiziatriya va pulmonologiya, pediatriya) TIEKlar tomonidan nogironlikni belgilash tartibi bekor qilinib, nogironlik tumanlararo va tuman (shahar) TIEKlar tomonidan belgilanadi.

 

Xiva shahar yuridik xizmat ko’rsatish markazi

Мавзуга оид