O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksining 327-moddasida boshqa shaxslarning pul mablag‘larini g‘ayriqonuniy ushlab qolish, ularni qaytarib berishdan bosh tortish, ularni to‘lashni boshqacha tarzda kechiktirish yoxud boshqa shaxs hisobidan asossiz olish yoki jamg‘arish natijasida ulardan foydalanganlik uchun ushbu mablag‘lar summasiga foiz to‘lanishi kerak.
Foizlar miqdori kreditor yashaydigan joyda, kreditor yuridik shaxs bo‘lganida esa, uning joylashgan yerida pul majburiyati yoki uning tegishli qismi bajarilgan kunda mavjud bo‘lgan bank foizining hisob stavkasi bilan belgilanadi.
Ammo “Ma’naviy zararni qoplash haqidagi qonunlarni qo’llashning ayrim masalalari to’g’risida” 28.04.2000 yildagi 7-sonli O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining qarori mavjud bo’lib, qarz shartnomasidan kelib chiqqan majburiyat, pul majburiyati bo‘lib, uni bajarmaganlik uchun javobgarlik O‘zbekiston Respublikasi FKning 327-moddasida belgilanganligi sababli qarz oluvchining shartnoma bo‘yicha majburiyatni buzganligi qarz beruvchining ma’naviy zararni qoplash huquqini istisno etadi.
Ya’ni shaxslar qarz majburiyatini bajarmaganda ulardan yuqorida keltirilgan asoslarda foiz undirish mumkin, ammo ma’naviy zarar undirishga yo’l qo’yilmaydi.
Xiva tumani Adliya bo'limi yuridik xizmat ko’rsatish markazi bosh yuriskonsulti D. Masharipov