s
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 124- moddasiga asosan, ishga qabul qilish chog‘ida ishga kirayotgan shaxs quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
pasportni yoki uning о‘rnini bosuvchi hujjatni yoxud identifikatsiyalovchi ID-kartani, о‘n olti yoshgacha bо‘lgan shaxslar esa tug‘ilganlik tо‘g‘risidagi guvohnomani yoki identifikatsiyalovchi ID-kartani;
oxirgi ish joyi bо‘yicha tasdiqlangan qog‘oz shaklidagi mehnat daftarchasini yoki elektron mehnat daftarchasidan kо‘chirmani, bundan birinchi marta ishga kirayotgan shaxslar mustasno. О‘rindoshlik asosida ishga kirayotgan shaxslar mehnat daftarchasining о‘rniga asosiy ish joyidan olingan belgilangan namunadagi ma’lumotnomani taqdim etadi;.
harbiy xizmatga majburlar yoki chaqiriluvchilar uchun tegishincha harbiy guvohnomani yoki harbiy hisobda turganlik haqidagi guvohnomani;
oliy yoki о‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim tashkilotini tamomlaganligi tо‘g‘risidagi diplomni, qaysi ishni bajarish uchun faqat maxsus ma’lumotga yoki maxsus tayyorgarlikka ega bо‘lgan shaxslar qо‘yilishi mumkin bо‘lsa, о‘sha ishga kirish chog‘ida ushbu ishni bajarish huquqiga doir guvohnomani (sertifikatni) yoxud boshqa tegishli hujjatni;
soliq tо‘lovchining identifikatsiya raqamini;
jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqamini (mavjud bо‘lganda);
jamg‘arib boriladigan pensiya daftarchasini, bundan birinchi marta ishga kirayotgan shaxslar mustasno.
Ish beruvchi:
birinchi marta ishga kirgan, besh kundan ortiq ishlagan shaxslarga va qonunchilikda о‘ziga nisbatan mehnat daftarchalarini yuritish nazarda tutilmagan ilgari ishlagan shaxslarga mehnat daftarchasini rasmiylashtirishi;
ilgari jamg‘arib boriladigan pensiya tizimida hisobda turmagan xodimlarni bunday hisobga qо‘yish uchun choralar kо‘rishi shart.
Ishga qabul qilish chog‘ida ishga kirayotgan shaxsdan ushbu Kodeksda, shuningdek boshqa qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilmagan hujjatlarni talab qilish taqiqlanadi.
Xonqa tuman yuridik xizmat
ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti Z.Xaitov