s
Urganch tumanida yashovchi, yakka tartibdagi tadbirkor S.X tomonidan adliya boʼlimiga yozma ravishda murojaat qilib, unda tuman DSI xodimlari tomonidan 2022-yil
01-noyabr kuni savdo shaxobchasida sayyor soliq tekshiruvi oʼtkazilganligidan norozi bo‘lib, tekshirish o‘tkazish uchun asos bo‘lgan buyruq va rasmiylashtirilgan hujjatlarning qonuniyligini o‘rganib berishda amaliy yordam soʼragan.
Shunga asosan, bo‘lim tomonidan tuman DSI xodimlarining 2022-yil 01-noyabr kungi yakka tartibdagi tadbirkor X.Sning savdo shaxobchasida o‘tkazilgan sayyor soliq tekshiruvi bo‘yicha tekshirishga oid va uning natijalari yuzasidan rasmiylashtirilgan hujjatlar olinib o‘rganilganda, Urganch tuman DSI boshlig‘ining 2022-yil 27-oktabr kuni YTT X.Sning savdo shaxobchasida sayyor soliq tekshiruvi o‘tkazish to‘g‘risida 00309-xc-son buyrug‘i qabul qilinib, ushbu buyruq asosida 2022-yil 01-goyabr kuni DSI xodimlari tomonidan soliq tekshiruvi o‘tkazilgan bo‘lsada, buyruq belgilangan tartibda Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bilan kelishilmagan holda qabul qilinishiga yo‘l qo‘yilganligi aniqlandi.
Vaholanki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 18.03.2022-yildagi “Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari faoliyatini yanada kengaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” PQ-173-son Qarori bilan yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari
2022-yil 1-avgustdan boshlab davlat soliq inspeksiyasiga yuridik xizmat ko‘rsatilishini ta’minlashi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 29.06.2021-yildagi “Davlat organlari va tashkilotlariga yuridik xizmat ko‘rsatish faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-5168-son Qarorining 6-bandiga asosan, markazlar tomonidan yuridik xizmat ko‘rsatilishi belgilangan tashkilotlar tomonidan Markazlar bilan kelishilmagan holda yuridik tusdagi hujjatlar qabul qilinishiga yo‘l qo‘yilmaydi, bunday hujjatlar yuridik kuchga ega emas hamda ular qabul qilingan paytdan e’tiboran hech qanday huquqiy oqibatlarni keltirib chiqarmaydi, deb belgilangan.
Murojaatni o‘rganish natijasi bo‘yicha adliya bo‘limi tomonidan belgilangan tartibda sudga ariza bilan murojaat qilindi va Urganch tumanlararo ma’muriy sudining 2023-yil
17-yanvardagi 5-2201-2203/1132-sonli hal qiluv qaroriga asosan, Urganch tuman DSI boshlig‘ining 2022-yil 27-oktyabr kungi 00309-xc-son buyrug‘i hamda ushbu buyruq asosida 2022-yil 21-noyabr kungi sayyor soliq tekshiruvida aniqlangan soliqqa oid huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi materiallarni ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha qabul qilingan 20/5-16579-son qarori haqiqiy emas deb topildi hamda tuman DSI boshlig‘iga nisbatan tadbirkorlik sub’ektlarining faoliyatini tekshirish tartibini buzganligi uchun ma’muriy javobgarlik masalasi hal etilishi ta’minlangan holda YTT S.Xning talabi qanoatlantirilishiga erishildi.
Urganch tuman adliya bo‘limi
boshlig‘i S.Yavkachev