s
Ўзбекистон Республикаси Марказий Банки
USD:10472.67 Rub:137.47 Eur:12335.76
2023-11-24 949

Jismoniy va yuridik shaxslarga ma'lumotnomalar berish bo'yicha davlat xizmatlari ko'rsatiladi

Hukumat qarori (612-son, 20.11.2023 y.) bilan “Jismoniy va yuridik shaxslarga ma'lumotnomalar berish bo'yicha davlat xizmatlarini ko'rsatishning yagona ma'muriy reglamenti” qabul qilindi

 

 Unga ko'ra, ariza beruvchilar davlat xizmatidan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markaziga shaxsan kelib murojaat etadi yoki davlat xizmatlaridan elektron shaklda foydalanish uchun YIDXP

(my.gov.uz)da  ro'yxatdan o'tadi.

 

Arizalar YIDXP orqali dam olish va bayram kunlaridan qat'i nazar, har kuni 24 soat davomida yuborilishi mumkin.

 

 Ariza beruvchidan tegishli ma'lumotnoma turi bo'yicha belgilangan ma'lumotlar va hujjatlardan tashqari boshqa hujjatlarni talab qilish taqiqlanadi.

 

Qo`shko`pir tumani adliya bo`limi

Yuridik xizmat ko`rsatish markazi

Bosh yuriskonsulti R.G`ulomov

Мавзуга оид