s
USD: Rub: Eur:
2023-06-09 275

MUDDATI TUGAGANLIGI SABABLI MEHNAT SHARTNOMASI BEKOR QILINGANDA 3 YOSHGA TO‘LMAGAN BOLASI BOR AYOLLARGA KAFOLAT BORMI?

Yangi MK bo’yicha muddati tugaganligi sababli mehnat shartnomasi bekor qilingan hollarda ish beruvchi 3 yoshga to‘lmagan bolasi bor ayollarni ishga joylashtirishi shart emas. Ya’ni muddati tugaganligi sababli mehnat shartnomasi 3 yoshga to‘lmagan bolasi bor ayollar bilan MK 158-moddasiga ko’ra bekor qilinaveradi, 3 yoshga to‘lmagan bolasi bor ayolning 3 oygacha ish haqi ham, bola parvarishlash nafaqasini olish huquqi ham saqlanib qolmaydi. Agar ayol homilador bo’lsagina MK 408-moddasida (Mehnat shartnomasini bekor qilish chog‘ida homilador ayollar uchun kafolatlar) kafolatlar bor.

409-moddada nafaqa saqlanib qoladi deyilganku?

409-moddaga chalg’imanglar. Unga ko’ra, 3 yoshgacha bolasi bor ayol yoxud 3yoshgacha bo‘lgan bolani yolg‘iz tarbiyalayotgan ota (vasiy) bilan mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusiga ko‘ra bekor qilishga faqat ushbu Kodeks 161-moddasi ikkinchi qismining 1, 4 va 5-bandlarida nazarda tutilgan asoslar bo‘yicha yo‘l qo‘yiladi.

Ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan xodimlar bilan mehnat shartnomasi bekor qilinganda ularning bola parvarishlash nafaqasini olish huquqi saqlanib qoladi. Ya’ni 3 yoshgacha bolasi bor ayol yoxud 3yoshgacha bo‘lgan bolani yolg‘iz tarbiyalayotgan ota (vasiy) bilan mehnat shartnomasi 161-moddasi ikkinchi qismining 1, 4 va 5-bandlarida nazarda tutilgan asoslar bo‘yicha bekor qilingandagina, bola parvarishlash nafaqasini olish huquqi saqlanib qoladi. Bizning misolda esa shartnoma MK 158-moddasi bilan ya’ni  muddati tugaganligi sababli bekor qilinmoqda.

 

Yangiariq tunan adliya bo'limi yuridik xizmat

ko'rsatish markazi boshlig'i       

U.NAVRUZOV

Мавзуга оид