s
USD: Rub: Eur:
2024-06-04 556

Imkoniyatlar sari qadamlar

Mamlakatimizda keying yillarda, yoshlarga bo’lgan imkoniyatlar va e’tibor kuchaymoqda. Ayniqsa, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2024-yilni “Yoshlar va biznesni qo’llab quvvatlash” yili deb e’lon qilgan kundan boshlab yoshlar har tomonlama qo’llab quvvatlana boshlandi. Yangi O’zbekistonning iqtidorli, shijoatli yoshlari ya’ni eng yaxshi g’oyalar uchun “Yangi O’zbekiston yoshlar tashabbuslari” jamg’armasidan yo’naltirilgan mablag’lardan foizsiz foydalanish imkoniyatlari mavjud. Davlatimiz rivojlangani sayin IT Parklarga bo’lgan ehtiyoj kuchayib, eng ko’lamda “Kreativ Parklar” ham yoshlar uchun tashlik qilinmoqda. Davlat ko’magiga muhtoj bo’lgan yoshlar imtiyozlardan samarali foydalanib kelishmoqda. Jumladan, Urganch tumani “Arboblar” mahallasida istiqomat qilayotgan Zuhra Xudaynazarova 2023-yilda 11-sinfni tugatgach, oliy ta’lim muassasasiga to’lov kontrakti asosida talabalikga tavsiya qilinadi, ammo to’lov kontraktini to’lashga oilaviy sharoiti to’g’ri kelmasligi tufayli u mahalladagi yoshlar yetakchisiga murojaat qiladi.  Yoshlar yetakchisi unga “Yoshlar daftari”ga kirish taklifini beradi. U bu imkoniyatni qo’ldan boy bermaslik uchun “Yoshlar daftari”ga kiradi. “Yoshlar daftari”da 25 turdagi yordamlar mavjud bo’lib Zuhra ilm o’rganishga ishtiyoqi baland bo’lgan yoshlar toifasiga kiritiladi. Uning oliy ta’lim uchun kontrakt to’lovi 2023-yil oxirida to’laqonli qoplab berildi.

“Men oliy ta’lim muassasasiga kirganimdan so’ng kontrakt to’lash uchun oilaviy sharoitim yo’qligi tufayli davlatimiz tomonidan ajratilgan imkoniyatlardan foydalanish maqsadida mahalla yetakchimizga murojat qilganman va u mening murojaatimga  befarq bo’lmasdan o’z yordamini ko’rsatdi”  - deb xursandchilik bilan gapiradi Zuhra.

U hozirda universitetning 1-kursini tugatdi va o’z o’zini band qilib, uyida tikuvchilik bilan ham shug’ullanayotganini aytdi. Ha, bugungi kunda viloyatimiz, shahar va tumanlarida istiqomat qilayotgan yoshlar berilgan imkoniyatlardan samarali foydalangan holda o’z tadbirkorlik faoliyatni, bilim olish va jamiyatda o’z o’rni topish uchun harakat qilishmoqda. Bu say harakatlar negizida yoshlar o’rtasida jinoyatchilikni oldini olish va ularni diomiy ish bilan ta’minlash, mahallalarda uyushmagan yoshlar bilan sport musobaqalari, kitobxonlik tanlovlari o’tkazish orqali jamiyatda o’z o’rinlarini topishlariga yordamlar berilmoqda.

 

Gulxonim Jabberganova    

O’zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunkatsiyalar universiteti harbiy jurnalistika yo’nalishi talabasi.

Мавзуга оид