s
USD: Rub: Eur:
2024-06-28 564

#2024_yil_1_iyundan

Qonunchilikka ko'ra, “mahalla yettiligi” tavsiyasi asosida Kambag'allikdan chiqarish dasturiga kiritilgan va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj bo'lgan shaxslarga ipoteka kreditlarini ajratish amaliyoti joriy etiladi. 

Bunda:

➖ipoteka kreditlari 120 million so'mgacha miqdorda, 20 yilgacha muddatga, Markaziy bankning asosiy stavkasidan to'rt foiz bandga yuqori stavkada yakka tartibdagi uy-joyni qurish, rekonstruksiya qilish va ta'mirlash maqsadlari uchun ajratiladi;

➖ipoteka krediti bo'yicha dastlabki badalning bir qismini qoplash uchun – ajratiladigan kreditning 15 foizi miqdorida hamda foiz to'lovlarining bir qismini qoplash uchun – kredit muddatining birinchi 5 yili davomida 12 foizdan oshgan qismiga subsidiya to'lanadi.

Xiva shahar yuridik xizmat ko’rsatish markazi

Мавзуга оид