Ishdan bo‘shatish ish beruvchi va xodimga bog‘liq bo‘lmagan asoslar bilan amalga oshirilishi mumkin. Mehnat kodeksida quyidagilar taraflar ixtiyoriga bog‘liq bo‘lmagan holatlar sifatida ko‘rsatilgan:
1) xodimning harbiy yoki muqobil xizmatga chaqirilganligi;
2) shu ishni ilgari bajarib kelgan xodimning avvalgi ishga tiklanganligi (masalan, xodim noqonuniy ishdan bo‘shatilsa, sud uni qayta tiklasa) Bunda xodimni bo‘shatishdan oldin unga boshqa ish taklif qilinishi kerak;
3) xodim sud hukmi bilan ishlashni cheklaydigan jazoga huqm qilinganda (masalan, ozodlikdan mahrum qilinganda);
4) ishga qabul qilish qoidalari buzilganda, agar qoidabuzarlikni bartaraf etish imkoni bo‘lmasa va u ishni davom ettirishga to‘sqinlik qilsa;
5) ishni davom ettirishga to‘sqinlik qiladigan holatlar yuzaga kelganda (xodim tibbiy xulosa asosida to‘liq mehnat qilishga qobiliyatsiz deb topilganda, lisenziya yoki ruxsatnoma tugatilganda). Bunda xodimni bo‘shatishdan oldin unga boshqa ish taklif qilinishi kerak;
6) sud qarori asosida tashkilot tugatilganda;
7) xodimni ishga tiklash haqidagi sud qarori yoki Davlat mehnat inspeksiyasining qarori bekor qilinganda;
8) xodim vafot etganda, sud tomonidan bedarak yo‘qolgan deb e’tirof etilganda yoki vafot etgan deb e’lon qilinganda;
9) Qonunchilik palatasi deputati, Senat a’zosi vakolati tugaganligi yoki ular tarqatib yuborilganligi uchun ular avvalgi lavozimiga (ishiga) qaytganligi. Bunda xodimni bo‘shatishdan oldin unga boshqa ish taklif qilinishi kerak;
10) qonunda nazarda tutilgan boshqa hollar.
Saylanadigan yoki tanlov asosida tayinlanadigan lavozim muddati tugaganidan keyin xodim qayta saylanmasa yoki tanlovdan o‘tmasa u ishdan bo‘shatiladi.
Gurlan tumani yuridik xizmat ko’rsatish markazi bosh yuriskonsulti M.Qo’zibayev