s
Qonunchilikka ko'ra, MSK-64 shkalasi bo'yicha 8 va undan yuqori ballik seysmik faol zonalarda yangi qurilishi rejalashtirilayotgan 5 qavatdan yuqori tibbiyot obyektlari hamda 9 qavatdan yuqori binolarni aktiv seysmik himoyalash qurilmalari, shu jumladan seysmoizolyasiya va dempfer uskunalari bilan loyihalash amaliyoti yo'lga qo'yiladi.
Shuningdek, yangi qurilishi rejalashtirilayotgan xavflilik omili III – IV toifa bo'lgan obyektlarda gaz va elektr tarmoqlarini kuchli zilzila paytida avtomatik bloklash tizimi bilan loyihalash tartibi joriy etiladi.
Xiva shahar yuridik xizmat ko’rsatish markazi