s
Ўзбекистон Республикаси Марказий Банки
USD:10472.67 Rub:137.47 Eur:12335.76
2024-12-20 114

KIMLAR YOSHGA DOIR PENSIYAGA MUDDATIDAN OLDIN CHIQISHI MUMKIN

      SAVOL: Pensiyaga chiqishimga ikki yil qolganda xozirgacha ishlab kelayotgan joyimdan meni shtatimga qisqartirish kelganligi sababli ishsiz qoldim. Hozirda 53 yoshdaman. 23 yillik stajga egaman. Men shu holatda muddatdan oldin pensiyaga chiqishim mumkinmi ?

      JAVOB: Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risidagi qonunning 14-moddasiga ko‘ra texnologiyadagi, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishdagi o‘zgarishlar, xodimlar soni (shtati) yoki ish xususiyatining o‘zgarishiga olib kelgan ishlar hajmining qisqarganligi yoxud korxonaning tugatilganligi munosabati bilan ishdan ozod etilgan va ishsiz deb e’tirof etilgan shaxslar:

      Erkaklar — 58 yoshga to‘lganda va ish staji kamida 25 yil bo‘lgan taqdirda;

      Ayollar — 53 yoshga to‘lganda va ish staji kamida 20 yil bo‘lgan taqdirda pensiya olish huquqiga ega bo‘ladilar deb belgilangan.

 

     Demak, xozirda xodim pensiyaga chiqishi uchun mehnat birjasiga murojaat qilishi va  u yerda ishsiz deb ro‘yxatga olinganidan keyin pensiya yoshiga yetmasdan xam pensiyaga chiqishi mumkin bo‘ladi. Agar mehnat birjasi maqbul keladigan ish topib bersa yana ikki yil ishlab keyin chiqishi xam mumkin.

Gurlan tumani yuridik xizmat ko’rsatish markazi bosh yuriskonsulti M.Qo’zibayev

 

Мавзуга оид