s
USD: Rub: Eur:
2024-12-03 633

Mehnat shartnomasini xodimning tashabbusiga kо‘ra bekor qilish tartibini bilasizmi.

O’zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksini 160-moddasida,Xodim nomuayyan muddatga tuzilgan mehnat shartnomasini, shuningdek muddati tugaguniga qadar muddatli mehnat shartnomasini о‘n tо‘rt kalendar kun oldin bu haqda ish beruvchini yozma shaklda

imlar (ushbu Kodeks 494-moddasining birinchi qismi);

vaqtinchalik ishlarda band bо‘lgan shaxslar (ushbu Kodeks 499-moddasining birinchi qismi);

mikrofogohlantirgan holda bekor qilishga haqli. О‘z tashabbusiga kо‘ra bekor qilinganda ish beruvchini ogohlantirishning boshqa muddatlari quyidagilarga nisbatan belgilab qо‘yilgan:

tashkilot rahbari, uning о‘rinbosarlari, tashkilotning bosh buxgalteri va tashkilot alohida bо‘linmasining rahbari (ushbu Kodeks 489-moddasining uchinchi va tо‘rtinchi qismlari);

mavsumiy xodirmalar ish beruvchilarining xodimlari (ushbu Kodeks 506-moddasining birinchi qismi);

yakka tartibdagi tadbirkorlarda ishlaydigan shaxslar (ushbu Kodeks 511-moddasining birinchi qismi);

uy ishchilari (ushbu Kodeks 518-moddasining birinchi qismi);

qonunda nazarda tutilgan hollarda boshqa xodimlar.

Ogohlantirish muddatining о‘tishi ish beruvchi tomonidan xodimning mehnat shartnomasini bekor qilish tо‘g‘risidagi arizasi olinganidan sо‘ng keyingi kunda boshlanadi.

Xodim mehnat shartnomasini bekor qilish tо‘g‘risidagi arizani pochta jо‘natmasini topshirish haqidagi xabarnoma bilan yuborishga haqli. Bunda mehnat shartnomasini bekor qilish haqidagi ogohlantirish muddatini hisoblab chiqarish ish beruvchi tomonidan ariza olingan sanadan sо‘ng keyingi kunda boshlanadi.

Xodim va ish beruvchi о‘rtasidagi kelishuvga kо‘ra mehnat shartnomasi ogohlantirish muddati tugashiga qadar bekor qilinishi mumkin.

Ushbu moddaning birinchi qismiga muvofiq belgilangan yoki xodim va ish beruvchi о‘rtasidagi kelishuvga kо‘ra qisqartirilgan ogohlantirish muddati tugaganidan keyin xodim ishni tugatishga haqli, ish beruvchi esa xodimga mehnat shartnomasini bekor qilish haqidagi buyruqning kо‘chirma nusxasini, mehnat daftarchasini yoki elektron mehnat daftarchasidan kо‘chirmani berishi hamda u bilan hisob-kitobni amalga oshirishi shart.

Ushbu moddaning birinchi qismiga muvofiq belgilangan yoki taraflarning kelishuviga kо‘ra belgilangan ogohlantirish muddati davomida, shu jumladan ogohlantirish muddati sо‘nggi kuni ish vaqti tugaguniga qadar xodim о‘zi bergan arizani chaqirib olishga haqlidir.

Agar ogohlantirish muddati tugagandan keyin xodim bilan mehnat shartnomasi bekor qilinmagan va yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlar davom etayotgan bо‘lsa, mehnat shartnomasini xodimning tashabbusiga kо‘ra bekor qilish haqidagi ariza о‘z kuchini yо‘qotadi, mehnat shartnomasini ushbu arizaga muvofiq bekor qilishga esa yо‘l qо‘yilmaydi.

Mehnat shartnomasini xodimning tashabbusiga kо‘ra bekor qilish tо‘g‘risidagi ariza u о‘z ishini davom ettirishi mumkin emasligi (ta’lim tashkilotiga qabul qilinganligi, pensiyaga chiqqanligi, saylab qо‘yiladigan lavozimga saylanganligi va boshqa hollarda) bilan bog‘liq bо‘lgan hollarda ish beruvchi mehnat shartnomasini xodim iltimos qilayotgan muddatda bekor qilishi kerak.

Muddatli mehnat shartnomasi xodimning tashabbusiga kо‘ra muddatidan oldin bekor qilinganda ushbu Kodeksning 159-moddasida nazarda tutilgan tartibda xodim tomonidan neustoyka tо‘lash belgilanishi mumkin.

 

Xonqa tuman  yuridik xizmat

ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti                                       Z.Xaitov 

 

Мавзуга оид