s
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 24-yanvardagi «O‘zbekiston Respublikasida qo‘riqlash faoliyati bilan shug‘ullanishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 16-son qarori bilan nodavlat tashkilotlar va jismoniy shaxslar tomonidan qo‘riqlash faoliyatini amalga oshirish hamda yuridik va jismoniy shaxslar xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish taqiqlangan.
Qo‘riqlash faoliyati bilan esa Milliy gvardiya Qo‘riqlash bosh boshqarmasi shug‘ullanishi belgilangan. Va boshqa davlat organlari, tashkilotlar, shaxslar ushbu tashkilot bilan shartnoma tuzgan holda ularning xizmatidan foydalanishi mumkin.
Gurlan tumani yuridik xizmat ko’rsatish markazi bosh yuriskonsulti M.Qo’zibayev