s
USD: Rub: Eur:
2024-03-25 833

“Sog'liqni saqlash loyihalari markazi” loyiha ofisi tashkil etiladi

“Sog'liqni saqlash sohasida islohotlarni chuqurlashtirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi Prezident Qarori (PQ-38-son, 22.01.2024 y) qabul qilindi

 

Qarorga ko'ra, Sog'liqni saqlash vazirligi tuzilmasida davlat muassasasi shaklida “Sog'liqni saqlash loyihalari markazi” loyiha ofisi tashkil etiladi.

 

Loyiha ofisi quyidagi ustuvor yo'nalishlarda yangi mexanizmlarni joriy qilishga mas'ul etib belgilandi, jumladan:

 

davlat tibbiy sug'urtasi tizimini va davlat tomonidan kafolatlangan bepul tibbiy xizmatlar va dori vositalari paketini to'liq joriy etish;

 

tibbiy xizmatlar sifati va xavfsizligi ustidan nazorat tizimini takomillashtirish;

 

 davlat xaridlari samarasi va shaffofligini oshirish, farmasevtika sohasini isloh qilish;

 

sanitariya qoida va normalarini zamonaviy talablar asosida yangilash.

 

2024-yilda:

 

➖ 40 ta sanitariya qoidalari, normalari va gigiena normativlari to'liq qayta ko'rib chiqiladi va xalqaro standartlarga muvofiqlashtiriladi;

 

➖respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya, kardiologiya, endokrinologiya, dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari, Bolalar milliy tibbiyot markazi hamda Milliy tibbiyot markazining faoliyatiga zamonaviy boshqaruv usullari va tibbiy yordam xavfsizligi va sifatining yuqori standartlari joriy etiladi hamda ular xalqaro akkreditasiyadan o'tkaziladi.

 

Xiva shahar yuridik xizmat ko’rsatish markazi

Мавзуга оид