Raqamli texnologiyalar nafaqat mahsulot va xizmatlar sifatini oshiradi, ortiqcha xarajatlarni kamaytiradi, balki davlat va jamiyat boshqaruvi, ijtimoiy sohada ham ularni keng joriy etib, natijadorlikni oshirish, odamlar turmushini keskin yaxshilash mumkin.
Ushbu sohani rivojlantirish va eksport salohiyatini oshirish maqsadida yurtimiz bo’ylab IT Park va uning filiallari ishga tushgan. Xususan, dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari parki — IT Park Xorazm filiali faoliyatini boshlaganiga hali uncha ko‘p bo‘lgani yo‘q. Bu yerda yiliga o‘n ming nafar tinglovchi kompyuter savodxonligi, zamonaviy dasturlash texnologiyalari, grafik-dizayn, SMM, robototexnika kabi yo‘nalishlarda bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish imkoniyatiga ega.
Markazda yuqori tezlikdagi internet aloqa va so‘nggi rusumdagi kompyuter texnikalari bilan jihozlangan ofislar, kovorking markazi tashkil etilgan. IT Park rezident kompaniyalari soni esa 32 taga yetgan. Bugungi kunda mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasb sirlarini o‘rganishga ishtiyoqmand yoshlar soni ko‘pligidan kelib chiqib, bu yerda o‘qitishning ilg‘or usullarini tatbiq etishga, natijadorligini oshirishga e’tibor qaratilmoqda. IT Parkʼning hududiy filiallari rahbarlari o‘rtasidagi hamkorlikda amalga oshirilayotgan ishlar belgilangan vazifalarning sifatli va o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlab, samaradorlikni oshirib, butun mamlakatimizda IT sohasini jadal rivojlantirishga xizmat qilmoqda.
-Agarda bizning faoliyatimizni kuzatsangiz, IT Park juda qiziqarli va ajoyib loyihalarga boy ekanligini sezgan boʻlsangiz kerak. Baʼzida shunaqasi ham boʻladiki, mazkur loyihalarni amalga tatbiq etish uchun bizda xodimlar yetishmay qoladi. Shu tufayli ham loyiha menejeriga ehtiyoj ortadi. Shu boisdan biz yoshlarni yosh maktab o’quvchi davridan boshlab IT texnologiyalarini chuqur o’rganishga undaymiz. Bu esa, o‘z navbatida, o‘quvchilarning maktabni bitirgandan so‘ng axborot texnologiyalari sohasida tayyor kadr bo‘lib shakllanishiga imkoniyat yaratadi, ayni kezda o‘z faoliyatlarini IT-parkda davom ettirishi ham mumkin bo‘ladi- deydi IT Park …….
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning aholi va yoshlar tomonidan kompyuter texnologiyalaridan keng va samarali foydalanish uchun shart-sharoitlar yaratish, yoshlarni axborot texnologiyalari sohasida tadbirkorlikka jalb etishni ko‘zda tutgan “Besh tashabbus”ning uchinchisini amalga oshirish maqsadida IT Park va ularning tumanlarda IT o’quv markazlarini tashkil etilayotganini alohida ta’kidlash kerak.
Ushbu oʻquv markazlarida kompyuter savodxonlogini oshirish, dasturlash, robototexnika, internet bilan ishlash, kibersport toʻgaraklari va boshqa yoʻnalishlar boʻyicha kurslar tashkil etiladi. Shu bilan bir qatorda, bu markazlarda korxona va tashkilotlar xodimlarining malakasini oshirish ham rejalashtirilgan.
Shuni taʼkidlash oʻrinliki, IT markazlarda oʻquv jarayoni yoshlar va telekommunikatsion korxonalar uchun maʼruza zallari va kompyuterlashgan auditoriyalarda quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha oʻtkaziladi: yangi texnologiyalarni joriy qilish, innovatsion tadbirkorlik va elektron tijorat asoslari, IT loyihalar, kompyuter texnologiyalarini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha zamonaviy va samarali mexanizmlarni yaratish, shu bilan birga, dasturlash, robototexnika va kibersport asoslarini oʻqitish boʻyicha barcha zarur sharoitlar yaratilgan. Ushbu oʻquv markazlarida kompyuter savodxonlogini oshirish, dasturlash, robototexnika, internet bilan ishlash, kibersport toʻgaraklari va boshqa yoʻnalishlar boʻyicha kurslar tashkil etiladi. Shu bilan bir qatorda, bu markazlarda korxona va tashkilotlar xodimlarining malakasini oshirish ham rejalashtirilgan.
Guvohi bo’lganingizdek, Urganch shahridagi zamonaviy infratuzilmaga ega bo‘lgan IT-park hozirdanoq o‘zining dastlabki natijalarini bera boshladi. Bunday IT-parklar kelajakda zehinli, bilimga chanqoq va zamondan ildam yuruvchi yoshlarni tarbiyalashi shubxasiz.
Mavjuda Sobirboyeva
Jurnalist