Mehnat kodeksida mehnat shartnomasini bekor qilish, ya'ni ishdan bo'shatishning bir qator asoslari (https://lex.uz/docs/6257288#6261387) sanab o'tilgan. Ular quyidagilardan iborat:
(https://telegra.ph/Mehnat-huquqlarimizni-organamiz-07-11) xodim va ish beruvchi kelishuvi bo'yicha;
Mehnat shartnomasi muddati tugashi bilan ishdan bo'shash;
Xodim o'z xohishi bilan ishdan bo'shashi;
Ish beruvchi tomonidan xodimni ishdan bo'shatish;
Tashkilot egasi almashganda, u qayta tashkil etilganda, tashkilotning bo'ysunuvi o'zgarganda xodim ishni davom ettirishni rad etishi;
Xodimning yangi mehnat shartlarida ishlashni davom ettirishni rad etishi;
Xodimning ish beruvchi bilan birga boshqa joyga ishlash uchun ko'chishni rad etishi;
Tibbiy xulosaga ko'ra xodim sog'lig'iga to'g'ri keladigan boshqa ishga o'tishni rad etishi yoki ish beruvchida xodimga mos boshqa ish bo'lmagan taqdirda;
Xodim va ish beruvchi ixtiyoriga bog'liq bo'lmagan holatlar bo'yicha;
Yangi muddatga saylanmaganlik yoki tanlovdan o'tmaganlik yoxud saylovda, tanlovda ishtirok etishni rad etish bo'yicha;
Alohida toifadagi xodimlar bilan tuzilgan mehnat shartnomalarida ishdan bo'shatish asoslari mustahkamlangan asoslar bo'yicha.
Yangibozor tumani adliya bo’limi yuridik xizmat ko`rsatish markazi boshlig`I N.Nurjonov