s
O’zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksini 178-moddasiga ko’ra, Xodimlarning shaxsga doir ma’lumotlarini saqlash, ulardan foydalanish va ularni berish tartibi ushbu Kodeks hamda boshqa qonunlar talablariga rioya etgan holda ish beruvchi tomonidan belgilanadi.
Xodimning shaxsga doir ma’lumotlarini berish chog‘ida ish beruvchi quyidagi talablarga rioya etishi kerak:
xodimning shaxsga doir ma’lumotlarini uning yozma roziligisiz uchinchi shaxsga xabar qilmaslik, bundan xodimning hayoti va sog‘lig‘iga bо‘lgan tahdidning oldini olish maqsadida, shuningdek ushbu Kodeksda va boshqa qonunlarda nazarda tutilgan boshqa hollarda xabar qilish zarur bо‘lgan hollar mustasno;
xodimning shaxsga doir ma’lumotlarini uning yozma roziligisiz tijorat maqsadlarida xabar qilmaslik;
xodimning shaxsga doir ma’lumotlarini oladigan shaxslarni ushbu ma’lumotlardan faqat ular xabar qilingan maqsadlarda foydalanish mumkinligi tо‘g‘risida ogohlantirish va ushbu shaxslardan bu qoidaga rioya etilganligining tasdig‘ini talab qilish. Xodimning shaxsga doir ma’lumotlarini oladigan shaxslar maxfiylik rejimiga rioya etishi shart. Mazkur qoida ushbu Kodeksda va boshqa qonunlarda belgilangan tartibda xodimlarning shaxsga doir ma’lumotlarini almashishga nisbatan tatbiq etilmaydi;
xodimning shaxsga doir ma’lumotlarini bitta tashkilot doirasida, bitta yakka tartibdagi tadbirkorda xodim imzo qо‘ygan holda tanishtirilishi kerak bо‘lgan ichki hujjatga muvofiq berishni amalga oshirish;
xodimlarning shaxsga doir ma’lumotlaridan foydalanishga faqat maxsus vakolatli shaxslarga ruxsat berish, bunda mazkur shaxslar xodimning faqat muayyan mehnat vazifalarini bajarish uchun zarur bо‘lgan shaxsga doir ma’lumotlarini olish huquqiga ega bо‘lishi kerak;
xodimning sog‘lig‘i holati haqidagi axborotni sо‘rab olmaslik, bundan xodim tomonidan mehnat vazifasini bajarish imkoniyati tо‘g‘risidagi masalaga taalluqli bо‘lgan ma’lumotlar mustasno;
xodimning shaxsga doir ma’lumotlarini ushbu Kodeksda va boshqa qonunlarda belgilangan tartibda xodimlarning vakillariga topshirishi hamda ushbu axborotni faqat kо‘rsatilgan vakillar tomonidan о‘z vazifalarini bajarishi uchun zarur bо‘lgan shaxsga doir ma’lumotlar bilan cheklash.
Xonqa tuman yuridik xizmat
ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti Z.Xaitov