“Ma'muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas'uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoni (PF-80-son, 24.05.2024 y.) qabul qilindi
Farmonga koʻra, quyidagilar adliya organlarining qoʻshimcha faoliyat yoʻnalishlari etib belgilandi:
-aholining kundalik hayotida uchraydigan huquqiy muammolarni aniqlash, ularni tahlil qilish va bartaraf etish boʻyicha amaliy choralar koʻrib borish;
-joylarda aniqlangan tizimli muammolarni bartaraf etishga qaratilgan qonunchilik hujjatlari loyihalarini ishlab chiqish;
-fuqarolarga bepul birlamchi yuridik yordam koʻrsatish tizimini yoʻlga qoʻyish va muvofiqlashtirib borish;
-davlat organlari va tashkilotlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarida yagona huquqni qoʻllash amaliyotini shakllantirishda ularga metodik yordam koʻrsatib borish.
RASULBEK IBRAGIMOV
Xorazm viloyat adliya boshqarmasi bosh maslahatchisi