s
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 20.11.2023 yilda “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish yeo‘g‘risida”gi PF197-son Farmoni qabul qilindi va Farmon bilan ayrim normativ huquqiy hujjatlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi
“Avtomobil yo‘llarida inson xavfsizligini ishonchli ta’minlash va o‘lim holatlarini keskin kamaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–190-son kiritilgan o‘zgartirishga ko‘ra quyidagi joylarga:
1) yo‘llar bo‘yida joylashgan maktablar oldida;
2) kamida to‘rt tasmali yo‘llardagi piyodalar o‘tish joylarida;
3) yo‘l-transport hodisalar o‘choqlari, ya’ni yo‘l-transport hodisalari ko‘p uchrayotgan joylarda maxsus foto va video radarlar o‘rnatiladi.
Yuqorida ko‘rsatilgan joylarga o‘rnatilishi belgilanayotgan radarlar tezlikni oshirish, piyodalarni o‘tkazmaslik va fuqarolarning yo‘lni belgilanmagan joydan kesib o‘tishi kabi qoidabuzarliklarni aniqlaydi.
Yangiariq tuman adliya bo‘limi
yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i U.Navruzov