Yo'l harakati qoidalariga ko'ra, davlat ro'yxatlash raqam belgilari ko'rinmaydigan, qalbakilashtirilgan, o'zgartirilgan bo'lsa, transport vositalaridan foydalanish taqiqlanadi. Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksga ko'ra, davlat raqam belgilarini ko'rish imkoniyatini cheklaydigan, ularni anglashga to'sqinlik qiladigan turli ashyolar o'rnatish va qoplama surtish – ana shu qurilmalarni musodara qilib:
fuqarolarga 330 ming so'mdan 990 ming so'mgacha;
mansabdor shaxslarga esa – 990 ming so'mdan 1 mln 650 ming so'mgacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.
Urganch tuman adliya bo‘limi
yuridik xizmat ko‘rsatish markazi
bosh yuriskonsulti S.Berdiqilichov