O’zbekiston Respublikasi Budjet kodeksining 25-moddasiga ko’ra, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
navbatdagi yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risidagi qonun loyihasini (bundan buyon matnda Davlat budjeti to‘g‘risidagi qonun loyihasi deb yuritiladi) va budjetnomani ishlab chiqish jarayonini tashkil etadi hamda muvofiqlashtirib boradi;
birinchi va ikkinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchilar ro‘yxatini tasdiqlaydi;
Davlat budjeti to‘g‘risidagi qonun loyihasini va budjetnomani ko‘rib chiqish hamda tegishli xulosa taqdim etish uchun O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasiga yuboradi;
budjetnomani O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalariga taqdim etadi;
Davlat budjeti to‘g‘risidagi qonun loyihasini O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritadi;
davlat boshqaruvi organlarining Davlat budjetini va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarini ijro etish borasidagi faoliyatini muvofiqlashtirib boradi hamda nazorat qiladi;
Davlat budjetining va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarining ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlarni har chorakda ko‘rib chiqadi;
o‘tgan moliya yili uchun Davlat budjetining va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarining ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlarni tashqi audit o‘tkazish hamda baholash uchun O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasiga yuboradi;
Davlat budjetining va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarining tegishli davrdagi ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlarni tasdiqlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga taqdim etadi;
ushbu Kodeksning 145 va 149-moddalarida nazarda tutilgan hollarda moliya yili mobaynida O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetidan ajratiladigan mablag‘larga va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi takliflarni ko‘rib chiqadi;
O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risidagi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqidagi qonun loyihasini O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining tegishli xulosasi bilan birgalikda ko‘rib chiqish uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritadi;
O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetining qo‘shimcha manbalaridan foydalanish to‘g‘risida qarorlar qabul qiladi;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining zaxira jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanish to‘g‘risida qarorlar qabul qiladi;
birinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovlariga O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetidan ajratiladigan mablag‘lar doirasida ikkinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchilarga ajratiladigan budjet mablag‘larining cheklangan miqdorlarini tasdiqlaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qonunchilikka muvofiq budjet sohasida boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Hazorasp tuman adliya bo’limi yuridik xizmat ko’rsatish markazi