s
USD: Rub: Eur:
2023-11-16 834

Bilasizmi

Davlat dasturlari doirasida kredit ajratishning barcha bosqichlari elektron platformalarda amalga oshiriladi

“Aholini kichik va o'rta biznesga keng jalb qilishning qo'shimcha chora-tadbirlari to'g'risida”gi Prezident qarori (PQ–366-son, 15.11.2023-y.) qabul qilindi

Qarorga ko'ra, 2024–2026-yillarda:

“Biznesni rivojlantirish banki” ATB tomonidan

kichik tadbirkorlarga ajratiladigan kredit qoldig'i 1,7 baravarga oshirilib, ularning kredit portfelidagi ulushi 28 foizdan 43 foizga yetkaziladi;

kichik biznes loyihalarini moliyalashtirish uchun 800 million AQSH dollarigacha resurs jalb qilinadi;

300 million AQSH dollari miqdorida obligatsiya (yevrobond)lar xalqaro kapital bozorlarida muomalaga chiqariladi;

150 mingta kichik tadbirkorlar faoliyati yo'lga qo'yiladi;

“Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ tomonidan:

kichik va o'rta tadbirkorlarga ko'rsatiladigan moliyaviy xizmatlar hajmi 8 trillion so'mdan 14 trillion so'mga yetkaziladi;

150 ta o'rta biznes korxonasiga ulush kiritiladi va xizmatlar ipotekasi asosida 300 ta loyiha tadbirkorlarga sotiladi;

o'rta tadbirkorlar soni 2,5 baravarga oshiriladi;

300 million AQSH dollari miqdorida obligatsiya (yevrobond)lar xalqaro kapital bozorlarida muomalaga chiqariladi.

2023-yil 15-dekabrgacha hududlar va davlat dasturlari yo'nalishlari kesimida 2024-yilda 2 million aholini biznesga jalb qilishning maqsadli ko'rsatkichlari tasdiqlanadi.

2024-yil 1-iyuldan davlat dasturlari doirasida ajratilayotgan kreditlardan samarali foydalanish uchun kredit ajratishning barcha bosqichlari elektron platformalarda amalga oshiriladi.

 2024-yil 1-yanvardan 2026-yil 1-yanvargacha davlat xaridlari maxsus axborot portalida davlat ishtirokidagi yirik korxonalar bilan kooperasiya asosida tashkil qilingan kichik tadbirkorlarga o'zlari ishlab chiqargan tovarlarni davlat buyurtmachilariga bir yilda 10 milliard so'mgacha to'g'ridan-to'g'ri shartnomalar asosida sotishga ruxsat beriladi.

Xiva tuman yuridik xizmat ko'rsatish markazi bosh yuriskonsulti

M.Boyjanov

Мавзуга оид