Amaldagi milliy haydovchilik guvohnomalari va avtomototransport vositasi ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomalarini yangi namunadagi guvohnomalarga almashtirish 2017-yil 1-oktabr — 2018-yil 31-dekabr davrida — eski namunadagi milliy haydovchilik guvohnomalari ularning berilgan sanasidan qat’i nazar — egasining yozma arizasiga ko‘ra ixtiyoriy ravishda;
2019-yil 1 yanvardan eski namunadagi barcha milliy haydovchilik guvohnomalari va avtomototransport vositasi ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomalar — ularning berilgan sanasiga muvofiq holda:
2010-yilgacha bo‘lgan davrda berilganlari — 2023-yil 31-martga qadar;
2010 — 2012-yillarda berilganlari — 2023-yil 30 iyunga qadar;
2013 — 2015-yillarda berilganlari — 2023-yil 30 sentyabrga qadar;
2015-yildan keyin berilganlari — 2023-yil 31 dekabrga qadar muddatlarda majburiy tartibda amalga oshiriladi.
Eski namunadagi milliy haydovchilik guvohnomalari va avtomototransport vositasi ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomalar ularning berilgan sanasiga muvofiq holda:
2010-yilgacha bo‘lgan davrda berilganlari — 2023-yil 1 apreldan;
2010 — 2012-yillarda berilganlari — 2023-yil 1-iyuldan;
2013 — 2015-yillarda berilganlari — 2023-yil 1 oktyabrdan;
2015-yildan keyin berilganlari — 2024-yil 1 yanvardan boshlab haqiqiy emas deb hisoblanadi.
Haydovchilik guvohnomasini almashtirish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etiladi
ID-karta yoki pasport (nusxasi olinib asli qaytariladi);
eski shakldagi haydovchilik guvohnomasi va uning taloni;
davlat boji to‘langanligini tasdiqlovchi kvitantsiya.
Eski namunadagi milliy haydovchilik guvohnomalari hamda avtomototransport vositasi ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomalar 2024 yil 1 yanvardan boshlab haqiqiy emas deb hisoblanadi.
2015-yildan keyin berilganlari — 2024 yil 1 yanvardan boshlab haqiqiy emas deb hisoblanadi.
Eski shakldagi haydovchilik guvohnomalarini yangisiga almashtirish bilan bog‘liq barcha jarayonlar Davlat xizmatlari markazlarida amalga oshiriladi.
Shovot tuman adliya bo‘limi YXKM bosh yuriskonsulti M.O.Matyaqubov