s
Ўзбекистон Республикаси Марказий Банки
USD:10472.67 Rub:137.47 Eur:12335.76
2023-11-02 815

My.gov.uz portalidagi xizmatlar soni 700 taga oshiriladi.

        
“Birlashgan Millatlar Tashkilotining “Elektron hukumat tadqiqoti” hisobotida Oʻzbekiston Respublikasining reytingini yaxshilashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ-308, 14.09.2023-y.) qabul qilindi.


Qarorga koʻra, 2024-yil 1-iyundan yangi raqamli xizmatlar va servislar, qoida tariqasida, birinchi navbatda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalining mobil ilovasida joriy etiladi.         
2024-yil yakunigacha:    
Yagona portalda koʻrsatilayotgan xizmatlar soni 700 taga, ularning avtomatlashganlik darajasi 65 foizga yetkaziladi;  
Yagona portalda joriy etilgan raqamli xizmatlar va servislarning kamida 75 foizi mobil ilova orqali koʻrsatilishi yoʻlga qoʻyiladi.         
Shuningdek, quyidagi maxsus portallar ishga tushiriladi:
-2024-yil 1-yanvardan raqamli hukumat tizimi hamda uning aholi va tadbirkorlarga taqdim etadigan imkoniyatlari haqida batafsil maʼlumot beruvchi;
-2024-yil 1-iyundan respublika hududidagi yashil hudud, bogʻ va jamoat parklari haqida axborot beruvchi;     
-2024-yil 1-sentyabrdan Toshkent shahrida jamoat transporti harakati haqida axborot beruvchi.       
 Shuningdek, shoshilinch tezkor xizmatlar boʻyicha aholining chaqiruvlarini qabul qilish va ularni tezkor ravishda qayta ishlash boʻyicha “112” yagona markazlashgan dispetcherlik xizmati faoliyatini respublikaning barcha hududlarida bosqichma-bosqich tashkil etish boʻyicha normativ-huquqiy hujjat loyihasi ishlab chiqiladi.
-2023-yil 1-noyabrdan “oxirgi milya” tamoyili asosida tadbirkorlar bilan hamkorlikda aholi xonadonlariga keng polosali Internet tarmoqlarini olib borishga qaratilgan hamkorlik dasturi amalga oshiriladi. 
-2024-yil yakunigacha magistral telekommunikatsiya tarmogʻi va aholi yashash maskanlarida qoʻshimcha 50 ming kilometr optik tolali aloqa liniyalari quriladi.

 


Urganch tuman adliya bo‘limi

yuridik xizmat ko‘rsatish markazi

bosh yuriskonsulti S.Berdikilichov



Мавзуга оид