O‘zbekiston Respublikasining 07.01.2008 yildagi 139-sonli Qonuniga asosan,
bolaning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash;
bolaning hayoti va sog‘lig‘ini muhofaza qilish;
bolaning kamsitilishiga yo‘l qo‘ymaslik;
bolaning sha’ni va qadr-qimmatini himoya qilish;
bolalar huquqlari va imkoniyatlarining tengligini ta’minlash;
bola huquqlari kafolatlarining huquqiy asoslarini takomillashtirish;
Oldingi tahrirga qarang.
bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risidagi qonunchilikka rioya etilishini ta’minlash;
bola huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash hamda himoya qilish bo‘yicha davlat organlari va ularning mansabdor shaxslari faoliyatining ochiqligi hamda oshkoraligini ta’minlash;
bolalarning jismoniy, intellektual, ma’naviy va axloqiy kamol topishiga ko‘maklashish;
bola huquqlarini himoya qilish sohasida faoliyatni amalga oshiruvchi kadrlar tayyorlash, ularning malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash;
bolalarda vatanparvarlik, fuqarolik, bag‘rikenglik va tinchliksevarlik tuyg‘ularini tarbiyalash;
bolani O‘zbekiston xalqining tarixiy va milliy an’analari, ma’naviy qadriyatlari hamda jahon madaniyati yutuqlari bilan tanishtirish;
bolaning shaxsini, uning ilmiy, texnikaviy va badiiy ijodkorligini rivojlantirish;
bolalar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash;
bolada huquqiy ong va huquqiy madaniyatni shakllantirish;
bola huquqlarini ta’minlash maqsadida davlat organlari va nodavlat notijorat tashkilotlari o‘rtasida hamkorlik qilish;
bola huquqlarini himoya qilish sohasida faoliyatni amalga oshiruvchi xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni rivojlantirish;
bolalarning ijtimoiy ko‘nikmasiga, voyaga etmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklarni kamaytirishga ko‘maklashish.
Hazorasp tuman adliya bo‘lim yuridik xizmat ko‘rsatish markazi