s
USD: Rub: Eur:
2024-06-25 397

Yolg‘on guvohlik berganlik uchun jinoiy javobgarlik

O’zbekiston respublikasi Jinoyat kodeksining 238-moddasiga asosan. Yolg‘on guvohlik berish, ya’ni surishtiruv olib borish, dastlabki tergov chog‘ida yoki sudda guvohning yoki jabrlanuvchining bila turib yolg‘on ko‘rsatuv berishi yoxud ekspertning bila turib yolg‘on xulosa berishi, xuddi shuningdek tarjimonning bir tildan ikkinchi tilga bila turib noto‘g‘ri tarjima qilishi —uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.Surishtiruv olib borish, dastlabki tergov yoxud ishni sudda ko‘rish chog‘ida yolg‘on ko‘rsatuvlar berish uchun guvohni yoki jabrlanuvchini yoki yolg‘on xulosa berish uchun ekspertni yoxud noto‘g‘ri tarjima qilish uchun tarjimonni pora evaziga og‘dirib olish, xuddi shuningdek ularga yoki ularning yaqin qarindoshlariga ruhiy, psixologik, jismoniy ta’sir ko‘rsatish yoki boshqacha tarzda ta’sir ko‘rsatish orqali yolg‘on ko‘rsatuv berishga majbur qilish —

uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Ushbu moddaning birinchi yoki ikkinchi qismida nazarda tutilgan harakatlar:

  1. a) uyushgan guruh manfaatlarini ko‘zlab;
  2. b) og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyat sodir etishda ayblab sodir etilgan bo‘lsa, —

besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

 

 

Hazorasp tuman adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi

Мавзуга оид