s
Ўзбекистон Республикаси Марказий Банки
USD:10472.67 Rub:137.47 Eur:12335.76
2023-10-12 599

DAVLAT XIZMATLARINI JOYLARGA CHIQQAN HOLDA KO‘RSATISH TARTIBI BELGILANDI

 

Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 31-avgustdagi “Davlat xizmatlarini joylarga chiqqan holda ko‘rsatishning ma’muriy reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 435-sonli qarori bilan Davlat xizmatlarini joylarga chiqqan holda ko‘rsatishning Ma’muriy reglamenti tasdiqlandi.      

Mazkur Reglament davlat xizmatlari markazlari tomonidan ko‘rsatiladigan davlat xizmatlarini (keyingi o‘rinlarda — davlat xizmatlari) joyiga chiqqan holda maxsus texnik qurilmalar (planshet yoki kompyuterga o‘rnatilgan daktiloskopiya, printer va boshqalar) (keyingi o‘rinlarda — maxsus texnik qurilmalar) yordamida ko‘rsatish yoki davlat xizmatlaridan foydalanish uchun ariza yuborish tartibini belgilaydi.
           
Ushbu Reglament milliy haydovchilik guvohnomasini rasmiylashtirish, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashovchi chet el fuqarosi va fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning identifikatsiyalovchi ID-kartasini hamda O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish, shuningdek, jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqamini berish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatishga nisbatan tatbiq etilmaydi.

Unga ko`ra, quyidagilar belgilandi:

  • Davlat xizmatlaridan foydalanish uchun O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Aloqa markazi yoki uning rasmiy veb-sayti (keyingi o‘rinlarda — “Call-markaz” yoki rasmiy veb-sayt) orqali murojaat qilish;
  • davlat xizmatlaridan foydalanish uchun ariza yuborish bo‘yicha so‘rovnomalarni qabul qilish va ko‘rib chiqish tartibi;
  • davlat xizmatlarini joyiga chiqqan holda maxsus texnik qurilmalar yordamida (planshet yoki kompyuterga o‘rnatilgan daktiloskopiya, printer va boshqalar) ko‘rsatish.

Maxsus texnik qurilmalar yordamida (planshet yoki kompyuterga o‘rnatilgan daktiloskopiya, printer va boshqalar) davlat xizmatlarini joylarga chiqqan holda ko‘rsatish “Call-markaz” yoki rasmiy veb-saytdan foydalangan holda 2023-yil 1-oktabrdan boshlab amalga oshiriladi.

Davlat xizmatlarini joyiga chiqqan holda ko‘rsatish yoki davlat xizmatlaridan foydalanishga ariza yuborish uchun Toshkent shahrida bazaviy hisoblash miqdorining (keyingi o‘rinlarda — BHM) 50 foizi, viloyat markazlarida BHMning 40 foizi, tuman (shahar)larda BHMning 30 foizi miqdorida bir martalik to‘lov undiriladi.

O‘zgalar yordamiga muhtoj qariyalar, sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra mustaqil harakatlanish imkoniyati cheklangan hamda I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga davlat xizmatlari ko‘rsatilganligi uchun to‘lov undirilmaydi.

Ariza beruvchi davlat xizmatlaridan foydalanish uchun “Call-markaz” yoki rasmiy veb-sayt orqali murojaat qiladi.

“Call-markaz” orqali so‘rovnomalar soat 09:00 dan 18:00 gacha ish vaqti davomida qabul qilinadi.

Rasmiy veb-sayt orqali sutkaning istalgan vaqtida murojaat qilinishi mumkin.

“Call-markaz”ning mas’ul xodimi ariza beruvchiga davlat xizmatlarini ko‘rsatish tartibini belgilovchi qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan davlat xizmatidan foydalanish uchun zarur bo‘lgan barcha hujjatlar (ma’lumotlar) to‘g‘risida ma’lumot beradi.

Ariza beruvchi so‘rovnomada ko‘rsatilgan davlat xizmatlaridan foydalanish uchun davlat xizmatini ko‘rsatishda talab etiladigan barcha hujjatlarni (ma’lumotlarni) tayyorlab qo‘yishi lozim.

Vakolatli organ ya’ni O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining davlat xizmatlari markazlarining mas’ul xodimi tomonidan davlat xizmatlari quyidagi shakllarda ko‘rsatiladi:

davlat xizmatlarini to‘liq ko‘rsatish (davlat xizmatlari markazi davlat xizmatlarini ko‘rsatishga mas’ul bo‘lganda);

davlat xizmatlaridan foydalanish uchun davlat xizmatini ko‘rsatishga mas’ul bo‘lgan vakolatli organlarga ariza yuborish.

Mas’ul xodimi ariza beruvchi bilan telefon orqali bog‘lanib, so‘rovnomada ko‘rsatilgan joyga chiqadi hamda maxsus texnik qurilmalar yordamida davlat xizmatlarini ko‘rsatadi yoki davlat xizmatlaridan foydalanish uchun davlat xizmatini ko‘rsatishga mas’ul bo‘lgan vakolatli organlarga ariza yuboradi.

Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanishdan uning har qanday bosqichida bosh tortish huquqiga ega. Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanishdan bosh tortganda, uning so‘rovnomasi ko‘rilmasdan qoldiriladi va to‘langan to‘lov summasi qaytarilmaydi.

Agar vakolatli organning mas’ul xodimi so‘rovnomada ko‘rsatilgan joyga yetib kelgan vaqtdan boshlab 30 daqiqa mobaynida ariza beruvchi so‘rovnomada ko‘rsatilgan vaqtda va manzilda bo‘lmasa, davlat xizmatlarini ko‘rsatish uchun tegishli qonunchilik hujjatlarida belgilangan hujjatlar (ma’lumotlar)ni taqdim etmasa, davlat xizmatlarini ko‘rsatish yoki davlat xizmatlaridan foydalanish uchun ariza yuborish rad etiladi.

Bunda vakolatli organning mas’ul xodimi tomonidan ariza beruvchiga davlat xizmatlarini ko‘rsatish yoki davlat xizmatlaridan foydalanish uchun ariza yuborish rad etilganligi to‘g‘risida SMS-xabarnoma yuboriladi (rad etish sabablari batafsil ko‘rsatiladi).

Mazkur bandning birinchi xatboshisida ko‘rsatilgan holatlarda davlat xizmatlarini ko‘rsatish yoki davlat xizmatlaridan foydalanish uchun ariza yuborish rad etilgan taqdirda, to‘langan to‘lovlar qaytarilmaydi.

Mas’ul xodimining aybi (kechikishi yoki kelmasligi, axborot tizimi yoki maxsus texnik qurilmalardagi nosozliklar) bilan davlat xizmatlari belgilangan muddatlarda va tartibda ko‘rsatilmagan holatlarda davlat xizmatlarini joylarga chiqqan holda ko‘rsatishda undiriladigan to‘lov miqdorlari ariza beruvchining murojaatiga asosan unga qaytariladi.

Ariza beruvchi mazkur bandning birinchi xatboshisida belgilangan holatlarda davlat xizmatlarini joylarga chiqqan holda ko‘rsatishda undiriladigan to‘lovni qaytarib olishi yoki davlat xizmatlarini joylarga chiqqan holda ko‘rsatishda undiriladigan to‘lovni takroran amalga oshirmasdan davlat xizmatlaridan boshqa vaqtda foydalanishi mumkin. Bunda ariza beruvchi davlat xizmatlaridan foydalanish uchun mazkur bobda belgilangan tartibda murojaat qiladi.

Ariza beruvchi xohishiga ko‘ra, davlat xizmatlarini ko‘rsatish natijasini Davlat xizmatlari markazlariga bevosita tashrif buyurib, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda yoki pochta aloqasi orqali olishi mumkin. Bunda pochta xarajatlari ariza beruvchi hisobidan qoplanadi.

Pochta aloqasi tomonidan ko‘rsatilgan xizmat uchun to‘lov miqdori pochta xizmati tomonidan belgilanadi.

 

Rasulbek IBRAGIMOV

Xorazm viloyat adliya boshqarmasi

bosh maslahatchisi

Мавзуга оид