s
Ўзбекистон Республикаси Марказий Банки
USD:10472.67 Rub:137.47 Eur:12335.76
2024-12-28 592

Dotatsiya nima?

Yuqori turuvchi budjetdan quyi turuvchi budjetga dotatsiya quyi turuvchi budjet xarajatlarining rejalashtirilgan hajmi subvensiyalar va o‘tkazib beriladigan daromadlar hisobga olingan holda mazkur budjet daromadlarining prognoz qilingan hajmidan oshib ketgan taqdirda ajratiladi.

O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetidan davlat maqsadli jamg‘armalarining budjetlariga dotatsiya jamg‘armalar xarajatlarining rejalashtirilgan hajmi yil boshidagi qoldiq hisobga olingan holda jamg‘armalar daromadlarining prognoz qilingan hajmidan oshib ketgan taqdirda ajratilishi mumkin.

Dotatsiyaning miqdori:

O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetidan quyi turuvchi budjetlarga va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlariga ajratilganda — Davlat budjeti to‘g‘risidagi qonun loyihasi qabul qilinayotganda;

Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika budjetidan, viloyatlarning viloyat budjetlaridan va Toshkent shahrining shahar budjetidan tumanlar va shaharlar budjetlariga ajratilganda — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari to‘g‘risidagi qarorlar qabul qilinayotganda belgilanadi

Hazorasp tuman adliya bo’limi yuridik xizmat ko’rsatish markazi

Мавзуга оид