s
USD: Rub: Eur:
2023-12-15 822

Qanday hollarda kadastr pasportini rasmiylashtirish bepul amalga oshiriladi?

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 02.09.2020 yildagi 535-sonli “Kadastr sohasida ayrim davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentlarini tasdiqlash to‘g‘risida” gi qaroriga asosan quyidagi hollarda kadastr pasportini rasmiylashtirish bepul amalga oshiriladi:

- ko‘chmas mulk obyekti bo‘yicha birlamchi kadastr yig‘majildi (pasporti) mavjud bo‘lib, begonalashtirilganda yoki obyektda o‘zgarishlar (rekonstruksiya, qo‘shimcha va alohida qurilish) mavjud bo‘lmaganda;

- ko‘chmas mulk obyektining bir qismi begonalashtirilganda obyektning qolgan qismiga yoki rekonstruksiyasiz toifasi o‘zgarganda;

- kadastr yig‘majildi (pasporti) yo‘qolganda (yaroqsiz holga kelganda va ko‘chmas mulk obyekti ko‘rsatkichlari o‘zgartirilmasdan).

Maqola muallifi: Yangibozor tumani Adliya bo‘limi DXM bosh mutaxassisi A.Saliyev

 

Мавзуга оид