s
Noqonuniy daraxt kesganlik uchun jarima 5 baravar ko‘p undiriladi
Daraxtlar va butalarni kesishga moratoriyning amal qilishi muddatsiz davrga uzaytirilgan.
Moratoriy davrida amaldagi cheklov va majburiyatlar bilan birga qo‘shimcha ravishda huquqbuzarlarga:
Daraxtlar va butalarni kesish, kundakov qilish, shikastlantirish yoki yo‘q qilishni nazarda tutuvchi ko‘rsatmalarni o‘z ichiga olgan hukumat farmoyishlari, bayonnomalar, yozma topshiriqlar, idoraviy hujjatlar, hokimlarning ko‘rsatmalari va qarorlarini qabul qilish qat’iyan taqiqlanadi.
Shuningdek, moratoriy talablarini buzgan qurilish-pudrat tashkilotlarining “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimidagi darajasi (reyting bahosi) bir pog‘ona pasaytiriladi.
Urganch tuman adliya bo‘limi
yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti J. Abdukarimov