s
USD: Rub: Eur:
2023-12-07 396

2023 yilning 16 noyabr kuni О‘zbekiston Respublikasi Konuni bilan ayrim qonun xujjatlariga о‘zgartirish va qо‘shimchalar kiritildi.

Konunga kо‘ra

 

 

[ОКОЗ:

1.02.00.00.00 Давлат бошқаруви асослари / 02.03.00.00 Республика давлат бошқаруви органлари ва хўжалик бошқаруви органлари / 02.03.02.00 Вазирликлар;

2.06.00.00.00 Ижтимоий таъминот ва ижтимоий суғурта тўғрисидаги қонунчилик. Ижтимоий ҳимоя / 06.03.00.00 Ижтимоий таъминот ва ижтимоий суғуртани молиялаштириш / 06.03.02.00 Бюджетдан ташқари Пенсия жамғармаси (шунингдек, 07.07.02.02 га қаранг);

3.07.00.00.00 Молия ва кредит тўғрисидаги қонунчилик. Банк фаолияти / 07.05.00.00 Республика бюджети / 07.05.01.00 Умумий қоидалар]

 [ОКОЗ:

1.01.00.00.00 Конституциявий тузум / 01.02.00.00 Давлат рамзлари. Пойтахт / 01.02.01.00 Давлат герби, мадҳияси, байроғи]

[ТСЗ:

1.Давлат ва жамият қурилиши / Давлат герби. Давлат мадҳияси. Давлат байроғи. Давлат тили. Пойтахт. Байрамлар. Хотира кунлари. Юбилейлар]

mamlakatimizda tadbirkorlikni qо‘llab-quvvatlash va iqtisodiyotda sog‘lom raqobat muhitini rivojlantirish, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va aholi salomatligini saqlash bо‘yicha tizimli ishlar olib borilmoqda.

Shu bilan birga «Insonning sha’ni va qadr-qimmati uchun» tamoyili asosida aholi salomatligini ta’minlash maqsadida kontrafakt va sifatsiz tovarlarni ishlab chiqarish hamda ularning muomalaga kiritilishiga barham berish, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish zaruriyati yuzaga kelmoqda.

Ushbu Qonun bilan О‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga iste’molchilarning hayoti yoki sog‘lig‘i xavfsizligi talablariga javob bermaydigan tovarlarni о‘tkazish maqsadini kо‘zlab ishlab chiqarganlik, saqlaganlik, tashiganlik, о‘tkazganlik, ishlar bajarganlik yoki xizmatlar kо‘rsatganlik uchun javobgarlikni kuchaytirishga, etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarganlik uchun jinoiy javobgarlikni belgilashga taalluqli о‘zgartirishlar kiritilmoqda.

Shu bilan bir qatorda mazkur Qonun bilan О‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik tо‘g‘risidagi kodeksiga sanitariya tо‘g‘risidagi qonunchilikni va veterinariya qoidalarini buzganlik, о‘zganing tovar belgisidan qonunga xilof ravishda foydalanganlik uchun javobgarlik kuchaytirilishiga, shuningdek hayvonlarning yuqumli kasalliklari о‘choqlari aniqlanganda karantin qoidalarini, veterinariya dori vositalari va ozuqabop qо‘shimchalarning xavfsizligi normalarini buzganlik uchun ma’muriy javobgarlik belgilanishiga qaratilgan о‘zgartirishlar kiritilmoqda.

Bundan tashqari, «Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari tо‘g‘risida»gi О‘zbekiston Respublikasi Qonuniga shaxsning muayyan faoliyat turi bilan shug‘ullanishi uchun sudning taqiqi mavjud bо‘lganda litsenziyani yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berishni rad etish uchun asoslar kengaytirilishini, litsenziyani va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni bekor qilish yoki xabardor qilish tartibida amalga oshiriladigan faoliyatni (harakatlarni) sud tomonidan tugatish uchun asos bо‘ladigan bir martalik qо‘pol qoidabuzarlik aniqlashtirilishini, vakolatli organlarga litsenziya, ruxsat berish va xabardor qilish talablari hamda shartlariga rioya etilishiga oid tekshiruvlarni О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bо‘yicha vakilni xabardor qilgan holda, qonunchilikda belgilangan tartibda о‘tkazish huquqi berilishini nazarda tutuvchi о‘zgartirish va qо‘shimchalar kiritilmoqda.

Shu bilan birga pivo (pivo ichimliklari) bilan ulgurji savdo qilishga, shuningdek tamaki mahsulotlari bilan chakana va ulgurji savdo qilishga doir faoliyatni amalga oshirish uchun xabardor qilish tartibi belgilanmoqda.

Intellektual mulkka bо‘lgan huquqlarni himoya qilish maqsadida О‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksiga geografik kо‘rsatkichlar ham intellektual mulk obyektlari hisoblanishi tо‘g‘risidagi norma kiritilmoqda.

Ushbu Qonun iqtisodiyotdagi «yashirin aylanmalarni» qisqartirishga, ishlab chiqaruvchilarning manfaatlarini, iste’molchilarning huquqlarini va intellektual mulkni ishonchli himoya qilishga, shuningdek fuqarolar sog‘ligini saqlashga xizmat qiladi.

 

 

Xonqa tumani yuridik xizmat

kо‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti                             D.O.Raximov.

 

Мавзуга оид