s
Joriy yilning 08 iyul kunida, Xonqa tumani Durgadik mahallasida, Xonqa tumani adliya bo'limi davlat xizmatlari markazi tomonidan jami 16 ta "Sayyor davlat xizmatlari" ko'rsatildi. Jumladan 4 ta fuqaroga kadastr xujjatlarini tayyorlash uchun, 1 ta ariza gaz tarmoqlariga ulanish uchun, 3 ta ariza "Keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga sanatoriylarda davolanish uchun yo‘llanmalar berish" xizmatiga navbatga yozilish xamda 8 ta fuqarolarga elektron raqamli imzo kalitlari rasmiylashtirib berildi. Shuningdek bir guruh fuqarolarga o'zlarini qiynayotgan masalalari boyicha huquqiy tushuntirishlar berildi.