s
USD: Rub: Eur:
2024-12-27 969

#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Yoshlarda “Mamlakat kelajagi – qonunga itoatkor va huquqbuzarlikka toqatsiz yoshlar bilan” g'oyasi asosida huquqiy immunitet shakllantiriladi

Farmonga ko'ra, yoshlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish hamda ularning huquqiy tarbiyasiga salbiy ta'sir ko'rsatuvchi omillarga nisbatan huquqiy immunitetni shakllantirishga qaratilgan “Mamlakat kelajagi – qonunga itoatkor va huquqbuzarlikka toqatsiz yoshlar bilan” g'oyasi asosida adliya organlari va muassasalari, shu jumladan Toshkent davlat yuridik universiteti va yuridik texnikumlar quyidagilarga mas'ul hisoblanadi:

yoshlar o'rtasida huquqbuzarliklarga nisbatan murosasizlik munosabatini shakllantirish, ularda qonunlarga hurmat, mamlakat taqdiriga daxldorlik hamda vatanparvarlik hissini kuchaytirishga qaratilgan kompleks huquqiy targ'ibot tadbirlarini tashkil qilishga;

adliya organlari va muassasalariga yoshlarning tashrifini tashkil qilish orqali “Tengdoshimga huquqiy yordam” tadbirlarini o'tkazib borishga;

huquqshunoslik kasbining obro'si va nufuzini oshirish, yoshlarda ushbu kasbga nisbatan hurmat va faxr tuyg'ularini shakllantirish, ularni huquqiy bilim olishga qiziqtirish bo'yicha amaliy tadbirlarni tashkil qilishga;

yoshlarning huquqiy bilimlarini yuksaltirishga qaratilgan onlayn huquqiy savodxonlik maktabini tashkil etish va u orqali bepul huquqiy o'quv kurslarini joriy etishga;

ta'lim muassasalarida “Huquqiy bilimlar oyligi”ni o'tkazib borish va yoshlarning huquqiy bilim olishlarini rag'batlantirishga qaratilgan turli huquqiy mavzulardagi seminar-treninglar va tanlovlarni tashkil qilishga.

Xiva shahar yuridik xizmat ko’rsatish markazi

Мавзуга оид