s
USD: Rub: Eur:
2024-12-02 156

Bilasizmi

Mexnat kodeksining  158-moddasiga asosan Muddatli mehnat shartnomasi uning amal qilish muddati tugashi bilan bekor qilinadi. Mehnat shartnomasini uning amal qilish muddatitugaganligi munosabati bilan bekor qilish tо‘g‘risida yakka tartibdagimehnatga oid munosabatlarni ushbu asos bо‘yicha tugatishga qaror qilgantaraf boshqa tarafni mehnat shartnomasi bekor qilinguniga qadar kamida uch kalendar kun oldin yozma shaklda ogohlantirishi kerak, bundan ish joyi
(lavozimi) saqlanayotgan xodim yо‘q bо‘lgan davrga tuzilgan muddatli
mehnat shartnomasining amal qilish muddati tugaydigan hollar mustasno.
Agar mehnat shartnomasining muddati tugaganidan keyin yakka
tartibdagi mehnatga oid munosabatlar davom etsa va taraflardan
birortasi ham ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan
tartibda bir hafta davomida ularning tugatilishini talab qilmagan
bо‘lsa, shartnoma nomuayyan muddatga tuzilgan deb hisoblanadi.

 

Xonqa tumani adliya bo‘limi yuridik

xizmat kursatish markazi bosh yuriskonsulti                        D.Raximov.

 

 

Мавзуга оид