1941–1945 yillardagi urush qatnashchilariga va imtiyozlari bo‘yicha ularga tenglashtirilgan shaxslarga – har yili 14 kalendar kungacha;
I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga – har yili 14 kalendar kungacha;
2 yoshdan 3 yoshgacha bo‘lgan bolani haqiqatda parvarishlayotgan bolaning ota-onasidan biriga (vasiysiga), buvisiga, bobosiga yoki boshqa qarindoshiga;
12 yoshga to‘lmagan ikki va undan ortiq nafar bolani yoki 16 yoshga to‘lmagan nogironligi bo‘lgan bolani tarbiyalayotgan ota-onasining biriga (ota-onaning o‘rnini bosuvchi shaxsga) – har yili 14 kalendar kungacha;
qonunchilikda va mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarda, shuningdek mehnat shartnomasi shartlarida nazarda tutilgan hollarda boshqa xodimlarga.
Xonqa tumani adliya bo‘limi
Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi
boshlig‘i A.Boltyaev