s
Ўзбекистон Республикаси Марказий Банки
USD:10472.67 Rub:137.47 Eur:12335.76
2023-11-21 475

Bilasizmi

Savol: Turmush o‘rtog‘im tug‘uruqxonada ishlaydi, oliy ma’lumotli. 3 yoshga to‘lmagan farzandimiz bor. Shunday bo‘lishiga qaramasdan, tungi navbatchilikda ishlab kelmoqda. Qonunan bu to‘g‘rimi? Turmush o‘rtog‘imga qanday imtiyozlar bor? (Urganch tumanidan R.Artiqov)

Javob: Mehnat kodeksiga ko‘ra, homilador ayollar, 14 yoshga to‘lmagan bolaning (16 yoshga to‘lmagan nogironligi bo‘lgan bolaning) ota-onasidan biri (ota-onasining o‘rnini bosuvchi shaxs) faqat o‘z yozma roziligi bilan tungi ishlarga, ish vaqtidan tashqari ishlarga, dam olish kunlaridagi va ishlanmaydigan bayram kunlaridagi ishlarga jalb qilinishi, shuningdek xizmat safariga yuborilishi mumkin.

Bunda ish beruvchi mazkur xodimlarni tungi ishlardan, ish vaqtidan tashqari ishlardan, dam olish kunlaridagi va ishlanmaydigan bayram kunlaridagi ishlardan yoki xizmat safaridan voz kechish borasidagi huquqi to‘g‘risida xabardor qilishi shart.

Homilador ayollarni va 3 yoshga to‘lmagan bolasi bor ayollarni tungi ishlarga jalb qilishga bunday ish homilador ayolning hamda bolaning hayotiga va sog‘lig‘iga xavf tug‘dirmasligini tasdiqlovchi tibbiy xulosa mavjud bo‘lgan taqdirdagina yo‘l qo‘yiladi.

Urganch tuman adliya bolimi

yuridik xizmat korsatish markazi bosh yuriskonsulti                        J. Abdukarimov

Мавзуга оид