s
Ўзбекистон Республикаси Марказий Банки
USD:10472.67 Rub:137.47 Eur:12335.76
2024-12-27 979

#Bilasizmi

YPX xodimi maxsus tadbirlar vaqtida transport vositalarini to'xtatishi mumkin

✅ YPX xodimi tomonidan transport vositalari quyidagi asoslarga ko'ra to'xtatilishi mumkin:

➖haydovchi tomonidan yo'l harakati qoidalarining buzilishi vizual kuzatuvda aniqlanganda yoki maxsus moslama yordamida qayd qilinganda;

➖transport vositasi, haydovchi yoki yo'lovchi qidiruvda ekanligi, yo'l transport hodisasi yoki boshqa huquqbuzarlikka aloqador ekanligi to'g'risida ma'lumotlar mavjud bo'lganda;

➖yo'l transport hodisasi, huquqbuzarlik sodir etilganini ko'rgan haydovchi yoki yo'lovchidan hodisa tafsilotiga oydinlik kiritish zarurati yuzaga kelganda;

➖vakolatli davlat organlari yoki mansabdor shaxslarning harakatni cheklash yoki taqiqlash bo'yicha ko'rsatmalarini bajarish jarayonida;

➖transport vositasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda foydalanish zarurati yuzaga kelganda;

Bundan chet davlatlarning diplomatik, konsullik vakolatxonalariga va boshqa vakolatxonalariga, xalqaro tashkilotlarga tegishli bo'lgan transport vositalari hamda maxsus mo'ljallangan transport vositalari mustasno.

➖maxsus tadbirlarni o'tkazish jarayonida;

➖transport vositasidan foydalanish va boshqarish huquqini beruvchi, shuningdek, transport vositasi va olib ketilayotgan yuklarga oid hujjatlar mavjudligini tekshirish uchun;

Bundan maxsus va harbiy yuklar, bojxona rasmiylashtiruvidan o'tkazilib, bojxona xizmat tomonidan plombalangan yuklar mustasno.

Xiva shahar yuridik xizmat ko’rsatish markazi

Мавзуга оид