s
Mehnat kodeksining 163-moddasiga asosan, ish beruvchi quyidagi holatlarda hodimni ishdan bo‘shatishi mumkin emas:
Qonunchilikda belgilanmagan asoslar bilan;
kamsitishni taqiqlash talabini buzadigan holatlarda (Bu nimaligi haqida keyinroq gaplashamiz);
xodim “bolnichniy”da bo‘lganda (ya’ni, kasal bo‘lganda) va ta’tillarga chiqqanida;
xodim davlat yoki jamoat majburiyatlarini bajarganligi uchun ishdan ozod etilganda;
xodim xizmat safarida bo‘lganda;
homilador ayollar homiladorlik davrida.
Shuningdek, 3 yoshgacha bolasi bor ayollar yoki 3 yoshgacha bo‘lgan bolani yolg‘iz tarbiyalayotgan ota (vasiy)ni faqat korxona tugatilganda, ular mehnat intizomini doimiy yoki bir marta qo‘pol ravishda buzganda ish beruvchi tomonidan bo‘shatish mumkin. Shtat qisqarishi yoki malakasi yetarli emasligi asosi bilan ularni ishdan bo‘shatish mumkin emas.
Yangiariq tumani Adliya bo’limi
Yuridik xizmat ko’rsatish bo’limi
bosh yuriskonsulti X.Matkarimov