s
Ўзбекистон Республикаси Марказий Банки
USD:10472.67 Rub:137.47 Eur:12335.76
2024-03-18 913

Kimlar tibbiyot muassasalarida ovqatlanish to'lovidan ozod qilinadi?

Quyidagi shaxslar tibbiyot muassasalarida ovqatlanish to'lovidan ozod qilinadi:

▫️I va II guruh nogironligi bo'lgan shaxslar.

▫️Bolalikdan nogironligi bo'lgan shaxslar.

▫️1941–1945 yillardagi urush oqibatida nogironligi bo'lgan shaxslar va urush qatnashchilari, shuningdek, ularga tenglashtirilgan shaxslar.

▫️Chernobil AESidagi halokat oqibatlarini bartaraf etishda qatnashish natijasida nogironligi bo'lgan shaxslar

▫️1941–1945 yillardagi urush yillari mehnat fronti qatnashchilari.

▫️Baynalmilalchi jangchilar.

▫️G'irt yetimlar.

▫️Vakolatli organlarda hisobda turuvchi yolg'iz pensionerlar.

▫️18 yoshgacha bo'lgan bolalar, shuningdek o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalari o'quvchilari.

▫️Chaqiriq komissiyalari xulosalariga ko'ra mudofaa ishlari bo'limlarining yo'llanmalari bo'yicha 18 yoshdan 27 yoshgacha bo'lgan chaqiriq yoshidagilar.

▫️"O'zbekiston Respublikasi faxriy donori" ko'krak nishoni bilan taqdirlangan shaxslar.

▫️ 1 yoshgacha bolasi bo'lgan emizikli onalar.

▫️Bolalar gematologiyasi, onkologiyasi va klinik immunologiyasi markazida davolanayotgan bolalarga qarovchi shaxslar (ota-ona va boshqalar).

 

Xiva tumani Adliya bo'limi yuridik xizmat ko’rsatish markazi bosh yuriskonsuli D.Masharipov

Мавзуга оид