s
USD: Rub: Eur:
2024-06-29 238

TALABA QANDAY HOLLARDA O‘QISHDAN CHETLATILADI ?

Hukumatning 20.06.2017 yil kungi 393-son qaroriga ko‘ra, talabalar quyidagi hollarda o‘qishdan chetlatiladi.

➖ o‘z xohishiga binoan;

➖ o‘qishning boshqa ta’lim muassasasiga ko‘chirilishi munosabati bilan;

➖ O‘quv intizomini va oliy ta’lim muassasasining ichki tartib-qoidalari hamda odob-axloq qoidalarini buzganligi uchun;

➖ bir semestr davomida darslarni uzrli sabablarsiz 74 soatdan ortiq qoldirganligi sababli;

➖ o‘qish uchun belgilangan to‘lov o‘z vaqtida amalga oshirilmaganligi sababli (to‘lov-kontrakt bo‘yicha tahsil olayotganlar uchun);

➖ talaba sud tomonidan ozodlikdan mahrum etilganligi munosabati bilan;

➖ sud qaroriga ko‘ra kirish imtihonlarida belgilangan tartibni buzganligi aniqlanganda;

➖ vafot etganligi sababli

 

Gurlan tumani yuridik xizmat ko’rsatish markazi bosh yuriskonsulti J.Jumaboyev

Мавзуга оид