s
USD: Rub: Eur:
2023-09-21 277

Bolalarni avtomobilning old o‘rindig‘ida olib yurish ta’qiqlanadi !

Yo‘l harakati qoidalariga ko‘ra, quyidagi hollarda odamlarni tashish ta’qiqlanadi:

 

  • bolalarni yuk avtomobillarining yukxonasida;
  • transport vositasining kabinasidan tashqarida (odam tashish uchun mo‘ljallangan bortli yuk yoki furgon-yuk xonali avtomobillar bundan mustasno);
  • traktorlar va boshqa o‘ziyurar uskunalar, yuk tashiladigan tirkamalar, tirkama-uycha, yuk motosikllari yukxonasida;
  • motosikllarning konstruksiyasida ko‘zda tutilgan joylaridan tashqarida;
  • 12 yoshga to‘lmagan bolalarni motosiklning orqa o‘rindig‘ida, shuningdek bolalarni ushlab turuvchi maxsus qurilma o‘rnatilmagan transport vositasining old o‘rindig‘ida;
  • odam soni transport vositasining texnik tavsifnomasida ko‘zda tutilgan miqdordan ortiq bo‘lganda.

Bunda transport vositasining haqiqiy vazni uni ishlab chiqargan korxona belgilagan ruxsat etilgan vazndan oshmasligi kerak.

 

Yangiariq tuman yuridik xizmat

ko‘rsatish markazi bosh yuristkonsulti                                       D.Axmedov

Мавзуга оид