s
Ўзбекистон Республикаси Марказий Банки
USD:10472.67 Rub:137.47 Eur:12335.76
2024-09-17 349

Xususiy mulkning va mulkdorlar huquqlarining himoya qilinishi kafolatlari kuchaytiriladi

#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Xususiy mulkning va mulkdorlar huquqlarining himoya qilinishi kafolatlari kuchaytiriladi

Prezident tomonidan imzolangan Qonun (O'RQ-950-son, 29.08.2024 y.) bilan ayrim qonun hujjatlariga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritildi

Unga ko'ra, uy-joyidan mahrum etilgan mulkdorga uy-joyning qiymati hamda u ko'rgan zararlarning o'rni belgilangan tartibda qoplanishini nazarda tutuvchi o'zgartirish va qo'shimchalar kiritilmoqda.

Shuningdek, tadbirkorlik subyektlari tovarlari, xizmatlari, mehnat resurslari va moliyaviy mablag'larining, ushbu subyektlar davlat ro'yxatidan o'tgan hududdan qat'i nazar, O'zbekiston hududida erkin harakatlanishiga doir huquqi ta'minlanishi belgilanmoqdaBundan tashqari, Shaharsozlik kodeksiga sel va ko'chki xavfi mavjud bo'lgan hududlarda binolar va inshootlarni loyihalashtirish hamda qurish taqiqlanishini nazarda tutuvchi qo'shimcha kiritilmoqda.

 Qonun rasmiy e'lon qilingan kundan e'tiboran kuchga kiradi.

Xiva tuman yuridik xizmat ko`rsatish markazi boshligi    A.Hasanov

Мавзуга оид