s
O’zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksini 224-moddasiga ko’ra, har yilgi mehnat ta’tilining davomiyligini ishlab berilgan vaqtga mutanosib ravishda hisoblab chiqarishda uning davomiyligi har yilgi asosiy va qо‘shimcha mehnat ta’tilining tо‘liq miqdorini о‘n ikkiga bо‘lish hamda tо‘liq ishlangan oylar soniga kо‘paytirish yо‘li bilan aniqlanadi. Bunda о‘n besh kalendar kunga teng va undan kо‘p bо‘lgan ortiqcha kunlar bir oy deb yaxlitlanadi, о‘n besh kalendar kundan kami esa hisobga olinmaydi. Ishlab berilgan vaqtga mutanosib ravishda mehnat ta’tili kunlari umumiy davomiyligini hisoblashda olingan 0,5 ga teng va undan kо‘p о‘nliklar bir kun deb yaxlitlanadi, 0,5 dan kami esa hisobdan chiqarib tashlanadi.
Xonqa tuman yuridik xizmat
ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti Z.Xaitov