s
Ўзбекистон Республикаси Марказий Банки
USD:10472.67 Rub:137.47 Eur:12335.76
2024-12-27 486

#Qonunchilikdagi_yangiliklar

O'zbekiston davlat sport akademiyasi tashkil etiladi

“O'zbekiston davlat sport akademiyasi faoliyatini tashkil qilish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Prezident Qarori (PQ-197-son, 28.05.2024 y.) qabul qilindi

 

Qarorga ko'ra, Oliy sport mahorati instituti negizida O'zbekiston davlat sport akademiyasi (Akademiya) tashkil etiladi.

Quyidagilar 2025/2026 o'quv yilidan Akademiya huzuriga o'tkaziladi:

Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar instituti;

Jismoniy tarbiya va sport bo'yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti hamda uning tegishli filiallari.

 Sport sohasida natijalari yuqori bo'lgan davlatlarning yetakchi oliy sport-ta'lim tashkilotlari tajribasi asosida zamonaviy kadrlarni tayyorlash Akademiyaning asosiy vazifalaridan biri etib belgilandi.

 Akademiya tizimida davlat muassasasi shaklidagi Davlat sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi tashkil etiladi.

 Davlat sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi sport tibbiyoti sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshiruvchi, sport turlari bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoalari a'zolarini tibbiy jihatdan musobaqalarga tayyorlashni tashkil qiluvchi davlat tibbiyot muassasasi hisoblanadi.

✅ Sportchilarga xorijiy tillar va O'zbekiston tarixini chuqurlashtirilgan holda o'rgatish maqsadida Akademiya tuzilmasida Axborot-kutubxona markazini o'z ichiga oluvchi yuridik shaxs maqomiga ega bo'lmagan O'zbekiston tarixi va xorijiy tillarni o'qitish markazi tashkil etiladi.

Xiva shahar yuridik xizmat ko’rsatish markazi

Мавзуга оид