s
USD: Rub: Eur:
2024-12-06 629

Noturar obyektlarini kadastr pasportini shakllantirish va ularga bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun uydan chiqmagan holda my.gov.uz portali orqali ariza berish tartibi

HARAKATLAR KETMA-KETLIGI

 Ariza beruvchi YIDXPda ro‘yxatdan va/yoki avtorizatsiyadan o‘tadi va so‘rov yuboradi;
 Ushbu xizmat kompozit tarzda ko‘rsatiladi;
 Vakolatli organ joylardagi o‘lchovlarni amalga oshiradi va YIDXP orqali elektron shaklda talabgorga to‘lov uchun invoys yuboradi;
 Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ ko‘chmas mulk obyektini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha qonunchilik talablariga muvofiqligi yuzasidan o‘rganib, davlat ro‘yxatidan o‘tkazadi va yig‘im summasi ko‘rsatilgan xabarnomani arizachiga yuboradi;
Ariza beruvchi to‘lovlarni amalga oshiradi;
Vakolatli organ kadastr pasportini shaklantiradi va YIDXP orqali arizachiga xabarnoma yuboradi.

 Xizmat ko'rsatish muddati:

 Kadastr pasportini shakllantirish

Kadastr pasportini tayyorlash obyektning murakkabligiga qarab quyidagi muddatlarda amalga oshiriladi:

 umumiy maydoni 100 kv.m. gacha — 5 ish kunigacha;
umumiy maydoni 100 kv.m dan 1 000 kv.m. gacha — 7 ish kunigacha;
umumiy maydoni 1 000 kv.m dan 5 000 kv.m. gacha — 10 ish kunigacha;
umumiy maydoni 5 000 kv.m dan 15 000 kv.m. gacha — 15 ish kunigacha;
mumiy maydoni 15 000 kv.m dan 50 000 kv.m gacha — 20 ish kunigacha;
umumiy maydoni 50 000 kv.m dan ortiq — 25 ish kunigacha;
ajratilgan yer uchastkalari bo‘yicha — 3 ish kunigacha.

 ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish

 2 ish kunigacha.

Xiva tuman yuridik xizmat ko`rsatish markazi bosh yuriskonsulti A.Abdusheripov

Мавзуга оид