s
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-apreldagi 170-son qarori 1-iovasi bilan;
Qishloq xo‘jaligi, melioratsiya va yo‘l-qurilish texnikalarini davlat ro‘yxatidan va qayta ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti tasdiqlangan
Mazkur Reglament jismoniy va yuridik shaxslarga qishloq xo‘jaligi, melioratsiya va yo‘l-qurilish texnikalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va qayta ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatish tartibini belgilaydi.
Tashkiliy shaklidan qat’i nazar texnikalarni davlat ro‘yxatidan va qayta ro‘yxatdan o‘tkazish O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan mazkur Reglamentga muvofiq amalga oshiriladi.
Texnikalarni davlat ro‘yxatidan va qayta ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatlari Inspeksiya, davlat xizmatlari markazlari yoki O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali texnika egasi yoki uning vakilini so‘rovnomasiga asosan amalga oshiriladi.
Qishloq xo‘jaligi, melioratsiya va yo‘l-qurilish texnikalari, ta’mirlash va servis asbob-uskunalarining nazorati Inspeksiya tomonidan olib boriladi.
Texnikaning tuzilmasi texnik tartibga solish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 18-martdagi 80-son qarori bilan tasdiqlangan Qishloq xo‘jaligi texnikalari konstruksiyasining xavfsizligi to‘g‘risidagi umumiy texnik reglament shuningdek, texnika xavfsizligini ta’minlash sohasidagi me’yoriy hujjatlar talablariga mos kelishi lozim.
Texnikalarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish quyidagi hollarda amalga oshiriladi:
davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmagan yangi texnika olinganda;
texnikalar “erkin muomalaga chiqarish (import)” bojxona rejimiga joylashtirilganda.
Tuproqqal’a tumani Adliya bo’limi
Davlat xizmatlari markazi bosh mutaxasisi: B.Ro’zmetov