s
USD: Rub: Eur:
2024-12-03 715

Ishga joylashtirish bо‘yicha davlat kafolatlari.

О‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 95-moddasiga asosan, 

Davlat:

bandlik turini, shu jumladan turli mehnat rejimidagi ishni tanlash erkinligini;

ishga qabul qilishni qonunga xilof ravishda rad etishdan, qonunga xilof ravishda boshqa ishga о‘tkazishdan, xodimni ishdan chetlashtirishdan va mehnat shartnomasini bekor qilishdan himoyalanishni;

maqbul keladigan ish tanlashga va ishga joylashishga bepul kо‘maklashishni;

kasb egallashda va ishga ega bо‘lishda, mehnat qilish va bandlik sharoitlarida, mehnatga haq tо‘lashda, xizmat pog‘onalari bо‘yicha kо‘tarilishda har kimga imkoniyatlar tengligi yaratilishini;

ish qidirayotgan shaxslarni va ishsizlarni kasbga tayyorlashga, qayta tayyorlashga hamda ularning malakasini oshirishga kо‘maklashishni;

mehnat organlarining taklifiga kо‘ra ishlash uchun boshqa joyga ixtiyoriy ravishda kо‘chib ketish munosabati bilan qilingan xarajatlar kompensatsiya qilinishini;

haq tо‘lanadigan jamoat ishlarida ishtirok etish imkoniyatini kafolatlaydi.

Ishga joylashtirish bо‘yicha kafolatlarni taqdim etish tartibi aholi bandligi tо‘g‘risidagi qonunchilikda belgilanadi.

 

 

 

Xonqa tuman  yuridik xizmat

kо‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti                                Z.Xaitov 

 

Мавзуга оид